Futbolimizda rahbariyat o‘zgargach, ishga bo‘lgan munosabat ham o‘zgara boshladi.
Xuddi davlatimiz siyosati singari futbolimizda ham hamma o‘zgarishlar xalq uchun amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Professional futbol ligasi avvaliga uchrashuvlarni ish vaqtidan keyin o‘tkazilishini belgilab qo‘ygan edi. Ramazon oyi munosabati bilan endi klublarimiz ishqibozlarga bir qator qulayliklar yaratdi. Jumladan, stadionga tashrif buyurgan ishqibozlarga iftorlik uchun yeguliklar berilmoqda. Qolaversa, muxlislarni shom namozini o‘z vaqtida ado qilishlari uchun stadionlarda namozxonalar tashkil qilinmoqda. «Navbahor», «Lokomotiv», «Paxtakor» jamoalaridan so‘ng bunday xayrli ishga “Qo‘qon-1912” klubi ham qo‘l urdi. Jamoa uy o‘yinlarini o‘tkazadigan markaziy stadionda bir vaqtning o‘zida 200 nafar insonni sig‘dira oladigan namozxona muxlislar ixtiyoriga topshirildi.
