Joriy yil 22 yanvar ertalabki soat 08:00 dan 23 yanvar 08:00 gacha Sog‘liqni saqlash vazirligida tashkil etilgan Shtabga quyidagi ma’lumotlar kelib tushdi.
“103” xizmati:
2 758 ta tibbiyot brigadasi faoliyat ko‘rsatdi.
“Tez yordam”ga 32 582 ta chaqiriq kelib tushdi.
Eng ko‘p chaqiriqlar:
Farg‘ona viloyati — 3 928 ta,
Toshkent shahri — 3 391 ta,
Andijon viloyati — 3 240 ta,
Toshkent viloyati — 3 203 ta,
Surxondaryo viloyati — 3 131 ta.
Shu vaqt davomida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning filiallariga 3018 ta murojaat kelib tushdi.
Bemorlardan 622 nafari gospitalizasiya qilindi.
Sutka davomida jami 1 954 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Ulardan:
1 007 nafari — o‘g‘il;
947 nafari — qiz.
Ushbu go‘daklardan 18 nafari — egizak.
Eng ko‘p tug‘uruq qayd etilgan hududlar:
Samarqand viloyati — 222 nafar,
Farg‘ona viloyati — 222 nafar,
Qashqadaryo viloyati — 212 nafar,
Surxondaryo viloyati — 196 nafar,
Toshkent viloyati — 186 nafar.