Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida “SREDIT HOUSE ishi” doirasida B. A. va boshqalarga (jami 9 nafar sudlanuvchi) nisbatan yuritilgan jinoyat ishi yuzasidan sud hukmi e’lon qilindi.
Sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 168, 170, 189, 28,192-11 va 192-11 moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, jinoyatdagi ishtiroki doirasida ularning bir nafariga BHMning 234,5 baravari so‘m miqdorida jarima, qolganlarga 6,5 yildan (3 yil sinov muddati sharti bilan) 9 yilgacha muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlandi.
▪️Jinoyat doirasida yetkazilgan moddiy zararni jabrlanuvchilar foydasiga solidar tartibda sudlanuvchilardan undirilishi belgilandi.
▪️Bundan tashqari manfaatdor taraflarga qonuniy huquq va manfaatlarga yetkazilgan qo‘shimcha moddiy va ma’naviy zararlarni undirish masalasida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga murojaat qilish huquqlari tushuntirildi.
Taraflar sud hukmiga nisbatan qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudining apellyasiya/kassasiya instansiyasiga shikoyat qilish (prokuror protest keltirish) huquqiga ega ekani alohida qayd etiladi.