Ozarboyjon ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Igor Kartavix va Yevgeniy Belousovlarga nisbatan profilaktika choralari bo‘yicha qaror Bokuning Xatay tuman sudi tomonidan qabul qilingan.
Ular Rossiya Federal xavfsizlik xizmatida (FSB) ishlaganlikda gumon qilinmoqda. Holat yuzasidan firibgarlik, noqonuniy tadbirkorlik va jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan mulkni legallashtirish moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Kartavix va Belousovdan tashqari yana besh kishi jinoiy javobgarlikka tortilgan, lekin ularning ismi oshkor etilmagan.