Yakshanba, 8 iyul kuni Toshkent shahrida spirtli ichimlik dastidan bir fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lumotga ko‘ra, Chilonzor tumanida yashovchi R.Jalilov (ismi o‘zgartirilgan) shu dahada yashagan tanishi O.Boltiyev (ismi o‘zgartirilgan) ni uyida birga spirtli ichimlik iste’mol qilgan.
So‘ngra ikki mast fuqarolar o‘rtasida kelib chiqqan janjal oqibatida R.Jalilov O.Boltiyevning bo‘yin qismiga shisha sinig‘i bilan urib jarohat yetkazgan. Natijada O.Boltiyev voqea joyida vafot etgan. R.Jalilov ushlangan.
Manba: qalampir.uz