Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Spirtga aksiz solig‘i stavkasini ikki baravarga oshirish taklif qilindi

A A A
Spirtga aksiz solig‘i stavkasini ikki baravarga oshirish taklif qilindi

2024 yil 1 yanvardan spirtga aksiz solig‘i stavkasini ikki baravarga, ya’ni 1 litri uchun 7,4 ming so‘mdan 14,9 ming so‘mgacha oshirish taklif qilinmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ahadbek Haydarov ma’lum qildi.

Shuningdek, 2024 yil 1 apreldan tarkibida zararli gaz moddalari ulushi yuqori bo‘lgan benzin mahsulotlariga aksiz solig‘i stavkasi 12 foizga indeksasiya qilinmoqda, bunda AI-91 va undan yuqori oktanli benzinga aksiz solig‘i stavkalari saqlanib qolinmoqda.

Qayd etilishicha:

2024 yil 1 apreldan tarkibida shakar mavjud bo‘lgan gazlangan ichimliklarga 1 litr uchun 500 so‘m miqdorida aksiz solig‘i joriy etilmoqda;

2024 yil 1 iyuldan boshlab avtomobil shinalarining bir donasi vaznidan (kg uchun) kelib chiqqan holda BHMning 0,3 foizi miqdorida utilizasiya yig‘imi joriy etilmoqda;

2024 yil 1 apreldan yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan og‘ir yuk mashinalari uchun yillik bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida yo‘l yig‘imini joriy etish taklif etilmoqda.

Kiritildi: 14:55 01.11.2023. O'qildi: 732 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!