Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Spark haydovchisi ikki nafar YPX inspektorini urib yubordi

Spark haydovchisi ikki nafar YPX inspektorini urib yubordi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida joriy yil 18 yanvar kuni soat 11:25 atrofida TXAY — Do‘rmon yo‘li ko‘chalari chorrahasida haydovchi, 1993 yilda tug‘ilgan, Surxondaryo viloyati, Termiz tumanida ro‘yxatda turuvchi D.SH. Spark rusumli avtomobilni xavfsizlik kamarini taqmasdan boshqarib ketayotganligi sababli shu yerda xizmat olib borayotgan YPXB inspektori B.Sultonov haydovchiga to‘xtash ishorasini bergan. Bu haqda xabar bermoqda. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Haydovchi xodimning qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, urib yuborib, voqea joyidan ketib qolgan. Keyingi Ziyolilar—Temur Malik ko‘chalari chorrahasida uni to‘xtatish maqsadida oldiga chiqqan YPXB inspektori O‘.Qo‘chqorovning ham qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, avtomobilning o‘ng oldi tomoni bilan inspektorni urib yuborib, voqea joyidan yashiringan. Natijada O‘.Qo‘chqorovga olgan tan jarohati tufayli IIV Markaziy gospitaliga yotqizilgan.

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida haydovchi D.SH. ushlangan.

Haydovchining hujjatlari tekshirilganda transport vositasini ishonch qog‘ozi asosida, qayd etish guvohnomasisiz (texpasport) boshqargani aniqlangan.

Hozirda prokuratura idoralari tomonidan tergovoldi tekshiruv-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 19:23 19.01.2020. O'qildi: 2090 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!