Yuta shtatining Solt-Leyk-Siti shahrida "Qirollar yo‘q" marshida otishma sodir bo‘ldi.
Bu haqda shahar polisiyasi X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilgan.
"Biz Shtayt-strit yaqinidagi namoyishga aloqador deb taxmin qilinayotgan otishmani tekshirmoqdamiz. Otishma bir kishining og‘ir ahvolda qolganini tasdiqlashimiz mumkin", - deydi nashr.
Jabrlanuvchi hayotiga xavf tug‘diruvchi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. CNN nashrining yozishicha, miting oldindan rejalashtirilgan va polisiya bilan kelishilgan. Otishma ortidan huquq-tartibot idoralari xodimlari namoyishchilarni tarqalishga chaqirgan.
FOX 13 telekanalining xabar berishicha, hodisaga aloqadorlikda gumon qilingan uch kishi hibsga olingan.
Aksariyat shtatlarda AQSh prezidenti Donald Tramp siyosatiga qarshi “Qirollar yo‘q” mitinglari bo‘lib o‘tmoqda. Solt-Leyk-Sitidagi mitingga 10 mingga yaqin odam keldi.