Soliq qo‘mitasiga ko‘ra, “pul bo‘lsa ham svet o‘chiriladi” degan gaplar asossiz.
16 apreldan Namanganda boshlanadigan eksperimentda elektr energiyasi o‘chirilmaydi, balki soliq qarzi 1 mln so‘mdan oshgan va ogohlantirishlarga qaramay to‘lamaganlar uchun to‘lov qilishga vaqtincha cheklov qo‘yilishi mumkin.
Shu bilan birga, quyidagi toifalarga cheklov qo‘llanilmaydi:
— nogironligi bo‘lgan shaxslar;
— boquvchisini yo‘qotgan oilalar;
— ijtimoiy himoya reestridagilar;
— boshqa imtiyozli toifalar.
📊 Hozirda Namanganda 1 mln so‘mdan ortiq soliq qarzi borlar soni qariyb 46 ming nafar (8%)ni tashkil etadi.
Ushbu tizim avval faqat Namanganda sinov tariqasida joriy qilinadi. Keyinchalik boshqa hududlarga tatbiq etish bo‘yicha qaror qabul qilinadi.