Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Sobiq sportchi va Hollivud aktyori O Jey Simpson vafot etdi

Sobiq sportchi va Hollivud aktyori O Jey Simpson vafot etdi

AQShda Hollivud aktyori O Jey Simpson (to‘liq ismi Orental Jeyms Simpson) 76 yoshida vafot etdi. U bir paytlar Amerika futboli yulduzi bo‘lgan, 1990-yillarning o‘rtalarida ikkita qotillik bo‘yicha shov-shuvli ishda ishtirok etgan. Simpsonning oilasi 11 aprel, payshanba kuni X ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy akkauntida o‘lim sababi prostata saratoni bo‘lganini ma’lum qildi.

O Jey Simpsonning sport karyerasi

Professional ravishda O Jey Simpson Milliy futbol ligasida (MFL) «Baffalo Bills» va «San-Fransisko Fortinayners» uchun 11 mavsum o‘ynagan. Ranninbek bo‘yicha o‘z pozisiyasida u MFLdagi eng muvaffaqiyatli sportchilardan biri edi. Uning yutuqlari orasiga besh marta barcha yulduzlar jamoasiga kiritilishi va yulduzlar o‘yinida qatnashishi, shuningdek, ranninbeklar bo‘yicha bir nechta MFL statistik rekordlari kiradi. 1984 yilda u MFL shon-shuhrat zaliga kiritildi.

O‘zining sport karerasini tugatgandan so‘ng, O Jey Simpson Amerika futboli o‘yinlarini sharhlab, filmlarda rol o‘ynay boshladi. Hollivuddagi eng mashhur aktyorlik ishlaridan birida O Jey Simpson Lesli Nilsen bosh qahramonining sherigi detektiv Nordberg rolini o‘ynadi. Trilogiyaning birinchi filmi 1988 yilda, oxirgisi 1994 yilda chiqarilgan.

Ikkita qotillik ishi

1994 yilda Simpson o‘zining sobiq rafiqasi Nikol Braun Simpson va uning do‘sti Ron Goldmanni o‘ldirishda ayblangan. Prokuratura jinoyatga sabab sifatida rashkni ko‘rsatgan. Sud jarayoni butun mamlakat bo‘ylab televideniye orqali namoyish etildi hamda AQSh tarixidagi eng mashhur va muhokama qilingan sudlardan biriga aylandi.

Simpsonning advokatlar jamoasi hakamlar hay’atiga ularning mijozi faqat teri rangi va polisiya irqiy tarafkashligi tufayli nishonga olinganini ta’kidladi. Hakamlar hay’ati sobiq futbolchini aybsiz deb topdi, ammo oqlanganidan ikki yil o‘tgach, Simpson fuqarolik sudi ishida jabrlanuvchilar qarindoshlariga yutqazdi, u sobiq rafiqasi va uning do‘sti o‘limida aybdor deb topildi. Sportchiga qurbonlarning oilalariga 33,5 million dollar to‘lash majburiyati yuklangan.

Keyinchalik O Jey Simpson kichik jinoyatlar uchun bir necha marta hibsga olingan. 2008 yilda u qurolli talonchilik uchun 33 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. 2017 yilda shartli ravishda ozodlikka chiqarilgan.

Kiritildi: 09:22 12.04.2024. O'qildi: 1049 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!