Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Sobiq sog‘liqni saqlash vaziri hibsga olindi

Sobiq sog‘liqni saqlash vaziri hibsga olindi

Qirg‘izistonning sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Kosmosbek Cholponbayev mas’uliyatsizlik va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilganlikda ayblanib hibsga olindi. Bu haqda Qirg‘izistonning iqtisodiy jinoyatlar bilan kurashish davlat xizmati matbuot xizmati xabariga tayanib, “Sputnik Qirg‘iziston” ma’lum qildi.

Davlat xizmatining ma’lum qilishicha, sog‘liqni saqlash vazirligidagi mansabdor shaxslar “xalq va davlat manfaatlariga zid ravishda” tavsiya olish xizmatlari bilan samarasiz shartnomalar imzolagan va shu orqali davlat byudjetiga qariyb 9 million som (Qirg‘iziston pul birligi) miqdorda zarar yetkazgan.

Cholponbayev 2018 yilda sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlangan edi. 2020 yilning mart oyida Qirg‘iziston xavfsizlik kengashi koronavirus infeksiyasi bilan yetarli darajada kurash olib borilmagani sababli Bosh vazirga hukumat a’zolariga nisbatan chora ko‘rilishini tavsiya qildi.

1 aprel kuni Cholponbayev o‘z ixtiyori bilan lavozimidan ozod etilgan.

Kiritildi: 08:42 18.09.2020. O'qildi: 4503 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!