Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Sobiq prokuror o‘ziga ochilgan ish materiallari bilan tanishayotib to‘satdan vafot etdi

Sobiq prokuror o‘ziga ochilgan ish materiallari bilan tanishayotib to‘satdan vafot etdi

Kiyevdagi Ukraina Bosh prokuraturasi binosida sobiq prokuror Andrey Saychuk vafot etdi. Bu haqda Ukrinform xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, Saychukning sudgacha bo‘lgan tekshirish ishlari yakuniga yetgan va u jinoyat ishi bo‘yicha hujjatlarni o‘rganishga kirishgan. Bugun ham u to‘plangan materiallar bilan tanishish uchun kelgan, hujjatlarni o‘rgangan, xayrlashgan va ketgan. U liftdan tushayotib o‘zini yomon his qila boshlagan, yerga yiqilib, dunyodan ko‘z yumgan , - deydi Bosh prokuratura vakili Donskoy.

Uning ma’lum qilishicha, Saychuk shifokorlar yetib kelguniga qadar vafot etgan. O‘lim sabablari ma’lum qilinmadi.

Sobiq prokuror Yevromaydon norozilik aksiyasi ishtirokchisi Nikolay Pasechnik ishi bilan bog‘liq noqonuniy harakatda ayblanayotgna edi. Namoyishchining o‘g‘li Denis Posechnik ma’lum qilishicha, otasi qo‘lga olinganidan so‘ng miya shikastlanishi sabab kasalxonaga yotqizilgan.

lenta.ru

Kiritildi: 13:58 12.02.2019. O'qildi: 2166 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!