Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Sobiq jahon chempioni Vladimir Klichkoni jangga chorladi

Sobiq jahon chempioni Vladimir Klichkoni jangga chorladi

Livanlik og‘ir vaznli bokschi Manuel Charr ukrainalik bokschi Vladimir Klichkoni jangga chorladi. U bu haqda o‘zining Instagram-akkaunti post qoldirdi.

Charr 42 yoshli Klichkoning ringga qaytishi ehtimolidan xursandligini bildirdi. U ukrainalik bokschini rasman jangga chorlashini ma’lum qildi.

19 mart kuni DAZN striming platformasi Vladimir Klichkoga ringga qaytishi uchun 80 mln dollarlik shartnoma taklif qildi. Kompaniya unga 3 ta jang o‘tkazishi uchun shuncha pul to‘lashga tayyor.

Klichko so‘nggi bor 2017 yilda ringga chiqqan va britaniyalik Entoni Joshuaga mag‘lub bo‘lgan.

34 yoshli Charr WBA yo‘nalishida muntazam jahon chempioni hisoblanadi. U 35 g‘alabaga erishgan va to‘rt marta mag‘lubiyatga uchragan.

Manba: oxo.uz

Kiritildi: 21:00 24.03.2019. O'qildi: 1898 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!