Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Sobiq energetika vaziri qo‘lga olindi

A A A
Sobiq energetika vaziri qo‘lga olindi

Qirg‘iziston energetika va sanoat sobiq vaziri, Sosial-demokratik partiyadan parlament deputati Osmonbek Ortiqboyev poytaxt IESning Xitoyga qarashli TVEA kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan modernizasiyasi chog‘ida korrupsiya holatiga aralashib qolganida gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda "Kun" nashri mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmatiga asoslanib xabar bergan.

Joriy yilning yanvar oyida Bishkek IESda ro‘y bergan avariyadan so‘ng, Qirg‘izistonda strategik ob’ekt modernizasiyasi bo‘yicha yirik mojaro yuz berdi. Xitoyning TBEA kompaniyasi tomonidan Xitoy hukumati krediti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan modernizasiya qiymati 386 mln dollarni tashkil etdi. Issiqlik markazlarining modernizasiya qilingan qozonxonalari o‘tgan yilning sentyabr oyida tantanali tarzda foydalanishga topshirildi. 2013 yilning may oyidan 2014 yilning oktyabr oyigacha Ortiqboyev respublika energetika va sanoat vaziri lavozimini egallagan. Ortiqboyevga nisbatan respublika bosh prokurori tomonidan jinoiy ish kuni kecha qo‘zg‘atildi.

"Tergov qilinayotgan jinoiy ish doirasida deputat Ortiqboyev JKning 303-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan (“Korrupsiya”) jinoyatni sodir etganlik uchun gumonlanib qo‘lga olindi va MXDQ tergov izolyatoriga olib ketildi", - deya xabar beradi matbuot xizmati.

 

Kiritildi: 06:36 06.06.2018. O'qildi: 1702 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik