Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Soatiga 480 kilometr tezlikka erisha oladigan dron yaratildi

Soatiga 480 kilometr tezlikka erisha oladigan dron yaratildi

Janubiy Afrikaning G‘arbiy Keyp provinsiyasida yashovchi Lyuk Bell va uning otasi Mayk dunyodagi eng tez, soatiga 480 kilometr tezlikka erisha oladigan dronni yaratdi. Uning korpusi uglerod tolasidan tayyorlangan, qismlari esa 3D formatda ishlaydi.

Dron akkumulyatorli masofadan boshqariladigan (RC) kvadrokopter tezligi bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Jahon rekordi sifatida sertifikatga ega bo‘lish uchun uchuvchisiz havo qurilmasi qarama-qarshi yo‘nalishda ikkita parvozni muvaffaqiyatli bajarishi kerak edi.

Maksimal tezlik soatiga 510 kilometrda qayd etilgan - dron soniyasiga 142 metr tezlikda ucha oladi.

Loyihani ishlab chiqish va uni osmonga ko‘tarish uchun bir necha oy kerak bo‘ldi. Dron Peregreen 2 nomini oldi. Bungacha havaskor muhandislar Peregreen`ni yaratgandilar, u soatiga 397 kilometr tezlikka erishdi, biroq bu rekord deb tan olinmadi. Shundan so‘ng muhandislar dronni modernizasiya qilishga qaror qilindi.

Kiritildi: 17:33 09.06.2024. O'qildi: 1958 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!