Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Smartfon yordamida qon bosimini qanday o‘lchash mumkin?

Smartfon yordamida qon bosimini qanday o‘lchash mumkin?

Uyali telefon aloqa vositasi bo‘lishi bilan birga, kundalik turmushning ko‘plab sohalarida yordamchiga aylandi. Zamonaviy smartfonlardan mahalliy navigasiya, «aqlli» uy tizimini boshqarish, avtomobil dvigatelini masofadan turib ishga tushirish, ob-havoni kuzatish, do‘konlarda xaridlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish kabi turli xil vazifalarda foydalanish mumkin. Bularning barchasi telefondan foydalanishning kichik bir imkoniyatlari, xolos. Ammo ko‘pchilik deyarli har qanday smartfon sog‘liqning asosiy ko‘rsatkichlarini nazorat qilishi mumkinligini bilmaydi. Hi-Tech.Mail.ru nashri smartfon yordamida yurak urishi va qon bosimini qanday o‘lchash mumkinligi haqida to‘xtalib o‘tadi.

Ma’lumki, qon bosimini o‘lchovchi an’anaviy tonometrlar manjet ichidagi havo tebranishlarini qayd etish prinsipi asosida ishlaydi va u havo tebranishlarini elektr signallariga aylantiradi. Smartfonlarda bu kabi narsa yo‘q bo‘lsa, bosimni qanday o‘lchash mumkin?

Buni fotopletizmografiya deb ataladigan usul yordamida amalga oshirsa bo‘ladi. Ishlab chiquvchilarning fikriga ko‘ra, ushbu texnologiyaning prinsipi yorug‘lik nurlanishining intensivligi biologik to‘qimalardan o‘tganidan keyin uning o‘zgarishini qayd etishga va yurakdan barmoqqacha bo‘lgan yurak urishi tezligini hisoblashga asoslangan. Xuddi shunday prinsip mashhur Apple Watch va Samsung Galaxy Watch Active 2’da ham qo‘llaniladi.

Organizmdagi to‘qimalar hajmi o‘zgarmasligi, ammo qon aylanishi yurak siklining fazasiga qarab o‘zgarishi sababli bu o‘zgarishlarni hamda to‘qima orqali o‘tadigan yorug‘likni telefon kamerasi va «vspishka»sining fotoelektrik elementlari yordamida qayd etish mumkin. Ularni fotopletizmogramma shaklida smartfon ekranida ko‘rish mumkin.

Ushbu usul yordamida puls va qon bosimini o‘lchash uchun smartfoningizga maxsus dasturni yuklab olib, istalgan joyda sog‘lig‘ingizdagi o‘zgarishlarni kuzatishingiz mumkin.

Bugungi kunda qon bosimi va pulsni o‘lchashga imkon beradigan bir nechta dastur mavjud. Ularning ichida eng mashhurlaridan biri — bu iCare Health Monitor Full dasturidir. Siz uni 4pda.ru forumidan yuklab olishingiz mumkin.

Smartfon yordamida qon bosimini qanday o‘lchash mumkin?

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Yurak urishi, qondagi kislorod darajasi va qon bosimi kabi sog‘liqning asosiy ko‘rsatkichlaridan tashqari, ushbu dastur ko‘rish va eshitish qobiliyatingizni ham tekshiradi. Shuningdek, mushaklar uchun zarur bo‘lgan jismoniy mashqlarni rejalashtirishda yordam beradi.

Smartfon yordamida qon bosimini qanday o‘lchash mumkin?

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Dasturni o‘rnatgandan so‘ng qon bosimi, tomir urishi, kislorod darajasi, shuningdek, qonning yopishqoqligi kabi o‘lchovlarni amalga oshirish uchun ilovaning asosiy ekranida «Tez tibbiy tekshiruv» bandiga o‘ting. Ko‘rsatkich barmog‘ingizni smartfonning asosiy kamerasiga qo‘ying, bunda barmog‘ingiz kamera ob’ektivi va «vspishka»siga ham tegib turishi lozim. Boshqa qo‘lingiz bilan ekrandagi «O‘lchov» tugmasini bosib ushlab turing.

Smartfon yordamida qon bosimini qanday o‘lchash mumkin?

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Sog‘lig‘ingiz ko‘rsatkichlari smartfon ekranida aks etadi.

Smartfon yordamida qon bosimini qanday o‘lchash mumkin?

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Ammo shuni unutmangki, bunday ilovalar tibbiy asboblar o‘rnini to‘liq bosolmaydi va o‘lchov aniqligi haqiqiy qiymatlardan sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Ishlab chiquvchilarning fikriga ko‘ra, ushbu usul yordamida qon bosimini o‘lchashdagi xatolik 12 bosqichgacha yetishi mumkin. Shuning uchun ushbu ilovalardan sog‘lig‘ingizni nazorat qilishning asosiy vositasi sifatida foydalanishni tavsiya etmaymiz. Agar sog‘lig‘ingiz bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lsa, faqat professional jihozlarga murojaat qilganingiz ma’qul.

Avvalroq «aqlli» soatlar koronavirusni uning belgilari paydo bo‘lishidan ancha oldin aniqlay olishi haqida xabar berilgan edi.

Kiritildi: 09:38 27.02.2021. O'qildi: 18117 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!