Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Slovakiya bosh vaziri Robert Fiso yana operasiya qilindi

A A A
Slovakiya bosh vaziri Robert Fiso yana operasiya qilindi

Ikki kun oldin suiqasdga uchragan Slovakiya bosh vaziri Robert Fiso yana operasiya qilindi. «Shifokorlar o‘q jarohatlaridan qolgan nekrotik to‘qimalarni olib tashlashdi. Operasiya taxminan ikki soat davom etdi. Bemor hamon jonlantirish bo‘limida. U hushida, ahvoli barqaror, ammo og‘ir», - dedi hukumat rahbari davolanayotgan Banska-Bistrisa klinikasi direktori Miriam Lapunikova 17 may, juma kuni.

O‘z navbatida, Slovakiya bosh vazir o‘rinbosari va mudofaa vaziri Robert Kalinyak Fiso bilan kasalxonada gaplasha olganini, biroq jarohat og‘irligi bois uchrashuv qisqa bo‘lganini aytdi. Kalinyak so‘zlariga ko‘ra, Fiso holatining dinamikasi haqida gapirish uchun yana bir necha kun o‘tishi kerak.

Kiritildi: 10:12 18.05.2024. O'qildi: 1572 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!