Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Skandinaviya mamlakatlaridan O‘zbekistonga parvozlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Skandinaviya mamlakatlaridan O‘zbekistonga parvozlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Aviakompaniyada yuk tashuvlari yo‘nalishida ham reyslarni yo‘lga qo‘yishga qiziqish bor.

Ushbu masala Transport vazirligi, O‘zbekistonning Latviya Respublikasidagi elchixonasi, Investisiyalar va tashqi savdo vaziriligi mas’ullari, "Uzbekistan Airports" AJ hamda Finlyandiyaning “Finnair” aviakompaniyasi vakillari ishtrokida videokonferens aloqa shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda muhokama etildi.

“Finnair” aviakompaniyasining davlat organlari bilan aloqalar departamenti direktori T.Koskinen Skandinaviya mamlakatlaridan O‘zbekistonga kelish istagida bo‘lgan sayyohlar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish istiqbollarini muhokama etib, ushbu yo‘nalishda aviakompaniya rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

Aviakompaniya yo‘lovchi tashuvlarini “Uzbekistan airways” AJ bilan "Kod-sher" tijoriy kelishuvlari asosida amalga oshirish, shuningdek, yuk tashuvlari yo‘nalishida ham reyslarni yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirayotganligini ma’lum qildi.

Kiritildi: 19:12 05.10.2022. O'qildi: 1845 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!