Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Siz bilmagan okean yoxud raqamlar sehri

Siz bilmagan okean yoxud raqamlar sehri

Er sharining 70 foizidan ko‘prog‘ini okeanlar egallagan. Qizig‘i, okeanlar sir-sinoatga to‘la. Bu sinoatlardan ko‘pchilik xabardor emas. Vaholanki, okeanlar tubida yotgan ashyolarning mingdan birini bila olsak, tarixning biz bilmagan “eshik”lari ochiladi.

Raqamlar sehri

Dyukdagi dengiz ilmiy laboratoriyasi universiteti rektori Sindi Li van Dover «Okean tubidagi yangi hayot» kitobida yozishicha, bizda okean kengliklaridan ko‘ra, oyning orqa qismi kengroq va ko‘proq o‘rganilgan.

“Suv osti qatlamlarida nimalar yashirinib yotganini avlodlarimiz tasavvur ham qilolmaydilar, - deydi u. - Masalan, okeanlar o‘rtasidagi xrebet (okeanosti yo‘li, masalan, tog‘li yo‘l) ning uzunligi 70 ming kilometrga tengligini bilasizmi? Lekin eng katta sir, bu - dunyodagi kislorodning teng yarmini bir hujayralik suv o‘simliklari (vodorodli) fitoplanktonlar chiqarishi mumkin. Anglayapsizmi?”

Dunyo okeanida 27 million tonna oltin sochilib yotibdi, desak bunga ko‘pchilik ishonmas. Uning bahosi esa kvadrillion dollar bilan baholanadi. Taqqoslash uchun: dunyo tarixida hammasi bo‘lib 170 ming tonna tilla qazib olingan.

Ammo shuni ham aytish kerakki, dengiz suvida bu qimmat metall oltin yodi (AuI) holida uchraydi, u ham bo‘lsa mikroskopik proporsiyasida belgilanadi. Hozir olimlarimiz tomonidan oltin konsentrasiyasini ko‘paytirish yuqori texnologiyalar asosida ishlab chiqarilmoqda. Shunday qilib, yaqin orada okean oltinini sanoat masshtabi asosida takomillashtirish va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, amalga oshirish harakati boshlanajagini ta’kidlash lozim.

Jumaqul KARIM tayyorladi

 

Kiritildi: 03:00 20.01.2021. O'qildi: 3295 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!