Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Siyosatchilarga tahdid qilgan 20 kishi qo‘lga olindi

Siyosatchilarga tahdid qilgan 20 kishi qo‘lga olindi

Polshada Gdansk shahar hokimi Pavel Adamovichning o‘limi bilan bog‘liq ommaviy hibslar davom etmoqda, deydi belnovosti.by .

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, ushlangan fuqarolarning soni yigirmataga yetgan. Ma’lum bo‘lishicha,ular boshqa siyosatchilarga ham zo‘ravonlik bilan tahdid qilib, noto‘g‘ri xatti-harakatlarni amalga oshirganlar.

Polisiya zobitlari faqat haqiqiy tahdid bo‘lgan shaxslargina qo‘lga olinganligini ta’kidlashmoqda.

Masalan, ular ijtimoiy tarmoqlar yoki siyosatchilarga qo‘ng‘iroq qilish orqali ularni o‘ldirish niyatlari haqida xabar berishgan. Bundan tashqari, tarmoq foydalanuvchilari mavjud hukumatga nisbatan nafrat qo‘zg‘atishga ham harakat qilishgan.

Kiritildi: 05:15 21.01.2019. O'qildi: 1809 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!