Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Siyosatchi ayol uni qochqinlar zo‘rlaganini aytib, o‘z joniga qasd qildi (video)

Siyosatchi ayol uni qochqinlar zo‘rlaganini aytib, o‘z joniga qasd qildi (video)

Niderlandiyadagi “Ozodlik partiyasi”ning a’zosi bo‘lgan 53 yoshli deputat Villi Dill Fasebook”da qochqinlar tomonidan jinsiy zo‘rlanganini tan olgan videoni chop qilganidan keyin o‘z joniga qasd qildi.

"2017 yil 15 mart kuni men bir guruh qochqinlar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan, tajovuz qilingan va kaltaklanganman, bunga sabab esa ular mening Gaaga shahar kengashida sukut saqlashimni istashgan edi",  dedi Villi Dille video orqali.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, "Birlik partiyasi"ning maslahatchisi Arnoud van Dorn sodir etilgan jinoyatning haqiqiy sababchisi ekan. Ammo hozirgi kunda mehnat ta’tilida bo‘lgan Dorn bularning barchasini yolg‘on va tuhmat deya ta’kidlamoqda.

Dillning aytishicha, u yaqinda o‘lim bilan tahdid qilinganligi sababli siyosiy ishini ham to‘xtatgan. "Biz sizni o‘ldirib, o‘z qoningizga cho‘ktiramiz!" deya tahdid qilishgan ekan unga. Ertasi kuni ayol o‘z uyidan o‘lik holda topilgan.

 

Kiritildi: 16:42 13.08.2018. O'qildi: 2374 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!