Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Sisiliyada Etna vulqoni uyg‘ondi

Sisiliyada Etna vulqoni uyg‘ondi

Sisiliyada Etna vulqoni otildi, deb yozadi Meduza. Vulqon 1 kilometrdan ortiq balandlikka kul otmoqda. Kul hamda hosil bo‘lgan tutun sababli uning yaqinida joylashgan Kataniya aeroporti o‘z ishini to‘xtatgan.

Hukumat yaqin orada joylashgan aholi punktlarida yashovchilar uchun vulqon otilishi xavf tug‘dirmasligini ma’lum qilgan.

«Ayni paytdagi holatdan kelib chiqib, xavotir olmasa ham bo‘ladi, manzaradan bemalol zavqlanish mumkin», — dedi Geofizika va vulqonshunoslik milliy instituti mutaxassisi Marok Neri.

Etna — Yevropadagi eng yirik uyg‘oq vulqon bo‘lib, so‘nggi yillarda u bir necha oyda bir marta otilmoqda. Odatda vulqon otilishlari hech qanday vayronagarchiliklarga olib kelmaydi. Etna vulqoni qiyaliklarida ko‘plab kraterlar joylashgan, ular orasida uyg‘oq va faollari ham bor. Vulqon uyg‘onishiga 2,9—3 km chuqurlikdagi yer silkinishlari sabab bo‘lgan. Natijada mahalliy vaqt bilan 16 fevral 16:10 (Toshkent vaqti bilan 20:10)da vulqon faolligi osha boshlagan. Vulqonning balandligi 3328 metrga teng.

Etna vulqonining kuchli otilishi so‘nggi marta 2019 yil iyulida yuz bergan va o‘n kundan ortiq davom etgan edi.

Kiritildi: 14:30 17.02.2021. O'qildi: 1223 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!