20 avgust kuni Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida yashovchi Baxtiyor Jaynaqulov IIBga murojaat qilgan. Bu haqda "daryo.uz" xabar berdi.
Joriy yilning 17 avgust kuni soat 19:00 larda birga yashovchi qizi 1997 yilda tug‘ilgan Madina Qahramonova tanishi 1995 yilda tug‘ilgan Furqat Tojiqulov bilan uchrashib, ular noma’lum tomonga ketib bedarak yo‘qolganliklarini ma’lum qilgan. Ularni qidirib topish choralari ko‘rilgan deyiladi xabarda.
Fuqarolardan, M.Qahramonova va uning tanishi F.Tojiqulov haqida biron-bir ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga yoki «102» telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishlari so‘ralgan.