Sirdaryolik ota ikki nafar farzandiga voyaga yetguniga qadar to‘lanishi belgilangan aliment puli evaziga uy berdi.
Sud qaroriga asosan Sirdaryo tumanida yashovchi fuqarodan ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan bo‘lib, ijrosi Majburiy ijro byurosining Sirdaryo tumani bo‘limiga yuklatilgan.
Davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari, shuningdek, tushuntirish ishlari va tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra, ota ikki nafar farzandiga voyaga yetkuniga qadar belgilangan aliment to‘lovi evaziga Sirdaryo tumani, Shirin mahallasida joylashgan umumiy yer maydoni 6 ming kv.metr bo‘lgan uyni turmush o‘rtog‘iga notarial tartibda rasmiylashtirib berdi.
Shu tariqa undiruvchi alimentdan voz kechib, mazkur ijro ishi tamomlandi.