Bugun 20 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Sirdaryoda MIB orqali uy qonuniy egasiga olib berildi

Sirdaryoda MIB orqali uy qonuniy egasiga olib berildi

Ijro harakatlari davomida 5 nafar javobgar fuqaro belgilangan tartibda majburiy ko‘chirilgan.

Majburiy ijro byurosining Sirdaryo tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining qonuniy kuchga kirgan qarori asosida majburiy ijro harakatlari amalga oshirildi.

Ijro hujjatiga muvofiq, noqonuniy ravishda egallab olingan xonadondan 5 nafar javobgar fuqaro belgilangan tartibda majburiy ko‘chirildi.

Ijro harakatlari davomida amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilinib, xonadon qonuniy egasiga topshirildi hamda sud qarorining to‘liq ijrosi ta’minlandi.

Majburiy ijro byurosi tomonidan sud hujjatlari ijrosini qonun talablariga muvofiq, o‘z vaqtida va to‘liq ta’minlash yuzasidan tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 09:34 11.08.2026. O'qildi: 1541 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!