Avvalroq Sirdaryoda fuqaro qarindoshini o‘ldirgani haqida xabar bergan edik. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov aniq.uz'ga jinoyat tafsilotlarini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 2024 yil 18 oktyabr kuni Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida yashagan 23 yoshli F.J. ismli erkakning murdasi Guliston shahar “Navbahor” mahallasi hududidagi kanalning tashlandiq joydan topilgan.
Aniqlanishicha, voyaga yetmagan SH.A. (o‘g‘il bola) joriy yil 18 oktyabr kuni “Do‘stlik” va “K-3” kanali oralig‘idagi tashlandiq joydan o‘tib ketayotgan vaqtida uzoq qarindoshi F.J. uni chaqirib, qo‘lidagi pichoq bilan uni o‘ldirishini so‘ragan. SH.A. buni rad qilganidan so‘ng, F.J. voyaga yetmagan SH.A.ni qo‘rqitganligi bois, voyaga yetmagan SH.A. F.Jni pichoq bilan qasddan o‘ldirgan.
Ma’lumot o‘rnida, marhum F.E. ruhiy kasalliklar dispanserida “paranoid shizofreniya epizodik kechishi” tashxisi bilan ro‘yxatda turgan.
Mazkur holat yuzasidan 2024 yil 18 oktyabr kuni Sirdaryo viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v” bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.