Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Sirdaryoda «Lasetti» butunlay yonib ketdi (FOTO)

Sirdaryoda «Lasetti» butunlay yonib ketdi (FOTO)

28 iyul kuni Sirdaryoda «Lasetti» ishtirokida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisaga oid viloyat IIB YHXB matbuot xizmati tomonidan batafsil ma’lumot berildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yil 28 iyul kuni soat 18:50 larda fuqaro 1986 yilda tug‘ilgan Guliston shahar N.Jalilov ko‘chasi 26-uyda yashovchi M.A. o‘z boshqaruvidagi “LASETTI” rusumli 40 P 782 UA davlat raqam belgili avtomashinani Sirdaryo tumani hududidan o‘tgan M-34 yo‘lining 103 km.da Guliston-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib kelib, yo‘lning qayrilib olish mumkin bo‘lgan qismida qayrilib olayotgan vaqtida qarama-qarshi yo‘nalishiga o‘tgan vaqtida Toshkent-Guliston yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan fuqaro 1969 yil tug‘ilgan N.E. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli 01 379 REA davlat belgili avtomashina orqa qismidan urilishi natijasida boshqaruvni yo‘qotib yo‘l o‘rtasidagi beton bardyurga urilib YTX sodir etgan. “LASETTI” rusumli avtomashinada elektr kabellarining qisqa tutashuvi natijasida yong‘in kelib chiqib avtomashina yonib ketgan.

 “LASETTI” rusumli avtomashinada bo‘lgan haydovchi va yo‘lovchilar ya’ni, haydovchining turmush o‘rtog‘i 1984 yil tug‘ilgan N.A. va ikki nafar farzandlari 2013 yilda tug‘ilgan qizi I.M. va 2016 yilda tug‘ilgan o‘g‘li M.A.lar zudlik bilan evakuasiya qilingan.

YTH va yong‘in natijasida jarohat olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Sirdaryo tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 08:28 29.07.2020. O'qildi: 6496 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!