Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Sirdaryoda hokim nomidan soxta qaror chiqarildi

Sirdaryoda hokim nomidan soxta qaror chiqarildi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sirdaryo tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tuman hokimi nomidan qalbaki qaror chiqarib bergan firibgarlar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati «Daryo»ga ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, fuqaro I.T. tuman hokimiyatida ishlovchi tanishlari orqali tumandagi Yangi hayot mavzesi hududidan uy-joy qurish uchun yer maydoni ajratib berish evaziga uch nafar fuqarodan jami 45,3 million so‘m olgan. Ushbu mablag‘larning 1000 AQSh dollarini 2018 yilning dekabrida Sirdaryo tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisiga S.X.ga bergan. S.X. esa uy-joy qurish uchun yer maydoniga tuman hokimining nomidan qalbaki qarorlar chiqarib, I.T. orqali fuqarolarga berganligi aniqlangan.

Shuningdek, I.T.ning qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi haqidagi murojaati yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda S.X. bilan uchrashib, unga bergan qarorlari soxta ekanligini, fuqarolar pullarini talab qilayotganligini aytib, undan muqaddam bergan 1000 AQSh dollaridan 500 AQSh dollarini qaytarib olgan vaqtida S.X. ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi S.X. va fuqaro I.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 12:30 21.11.2019. O'qildi: 2599 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!