Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Sirdaryoda fuqaro hovlisiga o‘g‘irlikka tushgan qo‘shnisini urib o‘ldirdi

Sirdaryoda fuqaro hovlisiga o‘g‘irlikka tushgan qo‘shnisini urib o‘ldirdi

Sirdaryo viloyatida fuqaro yarim kechada o‘z xonadoniga yashirin tarzda o‘g‘irlikka tushgan qo‘shnisini urib o‘ldirdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 17 iyun kuni tahminan tungi soat 2:00larda A.B. yashirincha tarzda uyali aloqa telefonining chirog‘ini yoqib qo‘shnisi U.N. ning uyiga kiradi. 

O‘z xonadonida oilasi bilan uxlab yotgan U.N. hovlisida telefonning tungi yoriitgich chirog‘ini yoqib, yashirincha izlanib yurgan begona kimsa sharpasini sezib qoladi va baland ovoz bilan “Kim san?” deya baqiradi. 

Payqab qolishganini bilgan A.B. ko‘chaga qarab qochadi. U.N. uning ortidan quvadi va tahminan 400 metrlar yugurgach, qo‘shni uyning yordamchi xo‘jaligi oldida A.B. ga yetib olib, ortidan kuchli zarba berib, uni gangitib qo‘yadi. 

U.N. A.B.ning yuziga, bosh qismiga qo‘li bilan bir necha bor kuchli zarbalar berib yerga yotqizib oladi. So‘ngra, xo‘jalik binosiga tirkab qo‘yilgan taxtani olib, uning boshiga bir necha marotaba zarb beradi.

A.B. olgan kuchli tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 12:29 23.06.2019. O'qildi: 2473 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!