Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Sirdaryoda do‘stona gurung mastona janjalga aylanib ketdi

Sirdaryoda do‘stona gurung mastona janjalga aylanib ketdi

Do‘stona gurung mastona janjalga aylanishi hech gap emas ekan. J.S. tanishi YA.M.ning xonadonida spirtli ichimlik iste’mol qilib, o‘zini nazorat qila olmas darajaga yetdi. O‘zaro kelishmay qolishgach, J.S. uydan chiqayotganida xonadonning eshigini tepib sindirdi. Janjal ko‘chada davom etdi.

“Postda” muxbiri Abdurahmon Mustafoqulovning xabar berishicha, Guliston shahar IIO FMB HPB tomonidan mazkur hodisa nazoratga olinib, zarur hujjatlar rasmiylashtirildi.

JIB Guliston shahar sudining qaroriga ko‘ra fuqaro YA.M. ga besh sutka ma’muriy qamoq, J.S.ga 1.225.000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 10:03 31.05.2021. O'qildi: 2116 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!