Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Sirdaryoda bemorning otasi tez tibbiy yordam xodimiga jarohat yetkazdi

Sirdaryoda bemorning otasi tez tibbiy yordam xodimiga jarohat yetkazdi

Guliston shahrining 1-mavzesi, S.Alimov ko‘chasida joylashgan xonadon sohibi (ismi sharifini shartli ravishda ko‘rsatmayapmiz) farzandining tobi yo‘qligi bois 23 dekabr kuni soat 15 dan 40 daqiqa o‘tganda Shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib yordam so‘rab murojaat qiladi. 

Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmatining yozishicha, o‘sha kuni 15 dan 45 daqiqa o‘tgach mazkur xizmat xodimlari belgilangan manzilga borib, belgilangan tartibda bemor bolani ko‘zdan kechiradi. Shirakayf bo‘lgan bemor bola otasi xizmat vazifasini bajarayotgan shifokor B.K.ni haqoratlab, unga tan jarohati yetkazadi. Natijada shifokorning o‘zi yordamga muhtojlik sezib, tibbiy ekspertiza muassasiga murojaat qiladi. Natija esa yana o‘sha-o‘sha... Shoshilinch va tez tibbiy xizmat xodimi yordam qo‘lini cho‘zib turgan bir vaqtda mijozlari tomonidan qilingan bunday xurmatsizlik qaysi mantiq, qaysi qonunlarimizga to‘g‘ri keladi?

Yuqoridagi kabi noqonuniy xatti-xarakatlar uchun javobgarlikni kuchaytirish, shifokorni asosiz haqotatlardan himoya qilish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatsi ko‘magida "O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi ishlab chiqilib, Qonunchilik palatasiga kiritilib birinchi o‘qishda qabul qilingandi. Bundan esa soha xodimlari xursand bo‘lishgandi. Lekin ular xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmadi. Loyiha ikkinchi o‘qishda deputatlarimiz tomonidan qayta ishlash uchun qaytarildi. 

Bir so‘z bilan aytganda shoshilinch va tez tibbiy xizmat xodimlari, shifokorlar huquqlarini ximoya qilish to‘g‘risida biron bir huquqiy asos yaratilmas ekan, bemor va uning yaqinlari tomonidan shifokorlarga nisbatan g‘ayri qonuniy xatti harakatlar davom etaveradi. Bunday harakat va holatlarga chek qo‘yish uchun biron bir huquqiy asos bugungi kunda kerak bo‘layapti.

 

Kiritildi: 10:32 25.12.2019. O'qildi: 1901 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!