2023-yilda Boyovut tumanida 2.4 km gaz quvurlarini mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan bo‘lib, amalda bu ko‘rsatkich 100 foizga bajarildi. Shuningdek, "Navro‘z" mahallasi "Uvoq" qishlog‘iga yo‘naltirilgan diametri 76 mm bo‘lgan o‘rta bosimli gaz quvuri to‘liq rekonstruksiya qilindi.
Mavsumga tayyorgarlik borasida olib borilgan tizimli ishlar davomida aholini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlashda mavjud muammolarni bartaraf qilish hamda bu borada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarning oldini olishga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari 113 dona gaz taqsimlash qurilmalari texnik taftish va ko‘rikdan o‘tkazildi. Jumladan 1 dona gaz taqsimlash qurilmasi mukammal ta’mirlandi, 6.3 km gaz quvurlar korroziyadan saqlash uchun bo‘yoqlab chiqildi. 11 km yer usti gaz quvurlari kompressor yordamida havo bosimi ostida zichlikka sinalib, tozalandi va pribor usulida tekshirib chiqildi.