Bugun 24 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

«Sirdaryo» postida harakat qayta yo‘lga qo‘yildi

«Sirdaryo» postida harakat qayta yo‘lga qo‘yildi

Qozog‘istonning «Atameken» chegara bojxona postida qurilish ishlari yakunlangach, Sirdaryo viloyatidagi «Sirdaryo» chegara bojxona posti orqali yengil avtotransport vositalari va fuqarolar harakati qayta tiklandi.

O‘zbekiston–Qozog‘iston davlat chegarasida joylashgan Qozog‘istonning «Atameken» chegara bojxona postida qurilish ishlari yakunlanishi munosabati bilan Sirdaryo viloyatidagi «Sirdaryo» chegara bojxona posti orqali yengil avtotransport vositalari hamda fuqarolar harakati qayta tiklandi.

Endilikda mazkur yo‘nalish orqali chegaradan o‘tish jarayonlari fuqarolar uchun yanada yengillashtirilib, qulay va tezkor harakatlanish imkoniyati yaratildi.

Shu bilan birga, mas’ullar fuqarolardan chegara bojxona posti orqali harakatlanishda belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy rioya qilishni so‘ramoqda.

Kiritildi: Bugun 15:15. O'qildi: 345 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!