Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Singapurda koronavirus bilan kasallanganlar soni 1000 taga etdi

Singapurda koronavirus bilan kasallanganlar soni 1000 taga etdi

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, Singapurda yangi koronavirus tasdiqlangan holatlar soni ming taga yetgan.

Seshanba kuni 926 kishi yuqtirganligi xabar qilingan edi.

"Bugun Singapurda COVID-19 ning 74 ta yangi holatini aniqlandi va tasdiqlandi", - deyiladi vazirlik bayonotda.

Qayd etilishicha, yangi holatlarning 20 tasi chet eldan kelgan, 54 tasi mahalliy aholida aniqlangan.

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 245 kishi ushbu kasallikdan davolangan. Uch kishi vafot etgan.

Kiritildi: 21:11 01.04.2020. O'qildi: 1526 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!