3 may kuni Singapurda parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi CNA.
Seshanba kuni, 15 aprelda Singapur prezidenti Tarman Shanmugaratnam parlamentni tarqatib yubordi. Yangi nomzodlarni taqdim etishning oxirgi muddati 23 aprelga belgilangan.
Bo‘lajak parlament saylovlari ilk bor o‘tgan yilning may oyida lavozimga kirishgan bosh vazir Lourens Vong boshchiligida o‘tkaziladi. Bundan tashqari, 2024 yil dekabr oyida “People’s Action Party” partiyasi Bosh kotibi etib tayinlangan edi.
2024 yil may oyida Lourens Vong Singapurning yangi bosh vaziri bo‘ldi. Bungacha Li Syan Lun bu lavozimda 20 yil ishlagan. Shu tariqa, u mamlakat mustaqillikka erishganidan keyin to‘rtinchi rahbar bo‘ldi.