Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Singapur dunyoda birinchi bo‘lib sun’iy ishlab chiqarilgan tovuq go‘shtini sotishga ruxsat berdi

Singapur dunyoda birinchi bo‘lib sun’iy ishlab chiqarilgan tovuq go‘shtini sotishga ruxsat berdi

Singapurda dunyoda ilk bor laboratoriyada yetishtirilgan tovuq go‘shti ozuqa mahsuloti sertifikatini qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Kaliforniyada joylashgan Eat Just kompaniyasi texnologiyalari asosida sun’iy tovuq go‘shti yetishtirildi. Firma endilikda Singapurda ham o‘z filiallarini ochmoqchi, bu ish amalga oshirilgach, bunday go‘shtga restoranlarda ham buyurtma bersa bo‘ladi. Aniq muddatlar hozircha aytilmayapti.

Laboratoriyalarda tirik hujayralardan sun’iy go‘shni yetishtirishdan maqsad - jonivorlarni o‘ldirmasdan turib, go‘sht ishlab-chiqarishni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

O‘tgan yili rossiyalik olimlar yangi tug‘ilgan buzoq hujayralaridan sun’iy go‘sht yetishtirishga muvaffaq bo‘lishgani haqida xabarlar berilgan edi. O‘shanda berilgan prognozlarda sun’iy go‘shtni sanoat ko‘lamlarida 2023 yilga kelib ishlab chiqarish mumkin bo‘lishi haqida aytilgan. Ayni vaqtda "insonparvarlik" go‘sht iste’molining eng katta kamchiligi bu mahsulot narxi bo‘lib qolmoqda.

Kiritildi: 13:24 02.12.2020. O'qildi: 2505 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!