Bugun 16 may, 2025 yil, juma

КИР

Siemens kompaniyasi rahbari va uning oilasi vertolyot qulashi natijasida halok bo‘ldi

A A A
Siemens kompaniyasi rahbari va uning oilasi vertolyot qulashi natijasida halok bo‘ldi

Germaniyaning Siemens konsernining Ispaniya bo‘limi rahbari Agustin Eskobar Nyu-Yorkda vertolyotning Gudzon daryosiga qulashi oqibatida oilasi bilan birga halok bo‘ldi.

Bu haqda The New York Post gazetasi huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib yozgan.

Jurnalistlarga ko‘ra, Siemens kompaniyasining Ispaniya bo‘limi rahbari Agustin Eskobar va uning oilasi Gudzondagi vertolyot halokati qurbonlari sifatida aniqlangan.

"Halokat natijasida Siemens kompaniyasining Ispaniyadagi prezidenti va bosh direktori Agustin Eskobar, uning rafiqasi va ularning uch farzandi halok bo‘ldi", — deyiladi NYP nashri.

Ayni vaqtda vertolyot uchuvchisining jasadi hozircha aniqlanmagan.

Kiritildi: 08:39 11.04.2025. O'qildi: 1079 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!