Xitoy rahbari Si Szinpin Rossiya va Xitoyning sa’y-harakatlari tufayli mamlakatlar o‘rtasidagi energetika sohasidagi hamkorlik keng qamrovli va keng ko‘lamli xususiyat kasb etganini aytdi.
Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Xitoy va Rossiyaning ko‘p yillik birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli ikki davlat o‘rtasidagi energetika sohasidagi hamkorlik keng qamrovli, keng ko‘lamli, chuqur va yuqori darajali bo‘ldi”, - dedi Si Szinpin .