Bugun 6 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Shveysariya tashqi ishlar vaziri va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Moskvaga bordi

Shveysariya tashqi ishlar vaziri va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Moskvaga bordi

Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Shveysariya tashqi ishlar vaziri Inyasio Kassis X ijtimoiy tarmog‘ida Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT) bosh kotibi Feridun Sinirliog‘lu bilan birga Moskvaga yetib borganini ma’lum qildi.

"Ukrainaga tashrifimizdan so‘ng, bugun YEXHT bosh kotibi Sinirliog‘lu bilan birga Moskvaga keldim", — deb yozdi Kassis.

Shveysariya rasmiysining ta’kidlashicha, muloqot barcha tomonlar bilan hamkorlikni talab qiladi. Shu tariqa, YEXHT o‘zini muloqot uchun platforma sifatidagi rolini tasdiqlamoqda.

Shuningdek, vazir tashkilot bu harakati orqali xalqaro huquq va Xelsinki prinsiplariga muvofiq adolatli va barqaror tinchlikka erishish yo‘lidagi harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirayotganini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: Bugun 12:15. O'qildi: 411 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!