Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Shvesiyada islomofobiya: Qur’oni Karim yirtib tashlandi

Shvesiyada islomofobiya: Qur’oni Karim yirtib tashlandi

Shvesiyaning Myolndal shahri kasalxonasidagi namozxonada islomofobiya xuruji qayd etildi: noma’lum kishi yoki kishilar bu yerda Qur’oni Karimni yirtib tashlagan va devorlarga haqoratli so‘zlar yozgan. Polisiya hodisa yuzasidan surishtiruv boshladi. 

“Anadolu” agentligi xabarida aytilishicha, mazkur namozxonada yetti oy oldin ham xuddi shunday holat kuzatilgan edi. O‘shanda ham Qur’on sahifalari yirtilgan, namozxona devoriga islom va Muhammad alayhissalom haqlarida xunuk so‘zlar yozilgan. 

“Turli ranglar partiyasi” etakchisi Mikoil Yuksalning aytishicha, namozxonadagi hodisa mahalliy musulmonlarni xavotirga solgan.

“Menga yetib kelgan ma’lumotlarga qaraganda, kasalxonaning o‘sha qismida kuzatuv kamerasi yo‘q ekan, agar kamera bo‘lganida hujumchilarni ushlash mumkin bo‘lar edi. Mutasaddilar u yerga tezroq kuzatuv kamerasi o‘rnatishi kerak”, – dedi Yuksal.

Kiritildi: 17:41 27.01.2020. O'qildi: 4415 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!