Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Shvesiya soni tobora ortayotgan o‘zbekistonlik nolegal muhojirlardan tashvishlanmoqda ashvishlanmoda.html

Shvesiya soni tobora ortayotgan o‘zbekistonlik nolegal muhojirlardan tashvishlanmoqda ashvishlanmoda.html

Kelgusi yilda Stokgolmda O‘zbekiston Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining rasmiy vakolatxonasini ochish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda bugun O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mutasaddilari bilan bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, shu kunlarda Bandlik va mehnat vazirligida Shvesiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ingrid Tersman bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Shvesiya elchisi hozirda mamlakatda o‘zbekistonlik nolegal mehnat muhojirlari soni ko‘payib borayotganligi, shu bois, Shvesiya rasmiylari ularni legallashtirish chorasi ustida bosh qotirishayotganini, mamlakatda Mehnat vazirligi rasmiy vakolatxonasi ochilsa, maqsadga muvofiq bo‘lishini ma’lum qilgan.

"Biz Shvesiya tomonining taklifini Tashqi ishlar vazirligiga yetkazdik. Kelgusi yilda rasmiy vakolatxona ochilishini rejalashtirganmiz", - dedi vazir o‘rinbosari Bahodir Umurzakov.

 

Kiritildi: 16:08 06.12.2019. O'qildi: 2378 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!