Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Shvedlarning 50% dan ortig‘i mahalliy COVID-19 strategiyasini qo‘llab-quvvatlamayapti

Shvedlarning 50% dan ortig‘i mahalliy COVID-19 strategiyasini qo‘llab-quvvatlamayapti

Shvedlarning aksariyati koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha milliy strategiyaning to‘g‘riligiga ishonmayapti.

Bu haqda “Dagens Nyheter” tomonidan xabar berildi.

«Ipsos» tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomaning ko‘rsatishicha, mahalliy hokimiyat organlarining pandemiyaga qarshi javob berish qobiliyatiga ishonadigan mamlakat aholisining ulushi 55% dan (oktyabr) 42% gacha (noyabr) tushib ketgan.

Bundan tashqari, shvedlarning 82%i sog‘liqni saqlash tizimining mavjud yukni yengish qobiliyatiga shubha bilan qarashmoqda.

«Ipsos» tahlilchisi Niklas Kallenbring ta’kidlashicha, koronavirus holatlarining ko‘payishi va rasmiylar tomonidan ko‘rilgan choralar aholi orasida xavotirning kuchayishiga olib kelgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Shvesiyada 236 mingta COVID-19 holati qayd etilgan, 6,6 ming kishi vafot etgan.

Kiritildi: 22:36 26.11.2020. O'qildi: 1550 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!