Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

"Sho‘rtangazkimyo" majmuasi ishchisi talonchilar hujumiga uchradi

"Sho‘rtangazkimyo" majmuasi ishchisi talonchilar hujumiga uchradi

2019 yil 4 fevral kuni Qarshi shahrida fuqarolar A.K., SH.A., E.N. va N.SH.lar Sho‘rtangazkimyo majmuasi ishchisi U.A.ni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, 505 000 so‘m puli va IPhone mobil telefonini olib, voqea joyidan yashiringan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida ma’lum qilindi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslar qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 06:00 12.02.2019. O'qildi: 1561 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!