Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Shuncha odamga haqqini bera olasizmi?

Shuncha odamga haqqini bera olasizmi?

Tasavvur qiling! Shuncha odam qiyomat kuni sizdan haqqini olishni kutib, navbatda tursa.

Biridan qarz olib, qaytarmagansiz, boshqasidan o‘g‘rilik qilgansiz, yana biriga mahsulotning aybini aytmay sotgansiz, yana boshqasining yerini aldov, firibgarlik yo‘li bilan tortib olgansiz.

Shuningdek, birini urgansiz, birini so‘kkansiz, birini g‘iybat qilgansiz, boshqasini aldagansiz, yana biriga xiyonat qilgansiz va hokazo.

Shuncha odamga haqqini bera olasizmi? Savobingizdan berib, yetkaza olasizmi?! Agar savoblaringiz yetmasa, ularning gunohlaridan sizning bo‘yningizga qo‘yiladi.

Tasavvur qiling! Bir marta sajda qilishning savobiga muhtoj bo‘lib turganingizda, minglab, millionlab odamlarning gunohini bo‘yinga olish qanchalik dahshat!

Azizlar, tavba qilaylik! Birovlarning haqqi zimmamizda turgan bo‘lsa, tezda qaytarib beraylik, qarzlardan tezroq qutulaylik, urushganlarimiz bilan yarashaylik, g‘iybat qilganlarimizdan uzr so‘rab, ularning roziligini olaylik, bizda odamlarning moddiy va ma’naviy haqlari qolmasligiga erishaylik!

Alloh taolo barchamizni O‘zining huzuriga yorug‘ yuz bilan borishimizni nasib etsin, omin!

Manba: islom.uz

Kiritildi: 16:35 13.06.2019. O'qildi: 2393 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!