Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Shumanayda haydab qochilgan avtomashina bo‘laklarga bo‘lingan holda dala maydoniga ko‘mib yuborilgan

Shumanayda haydab qochilgan avtomashina bo‘laklarga bo‘lingan holda dala maydoniga ko‘mib yuborilgan

Joriy yilning 26 sentyabr kuni noma’lum shaxs Qoraqalpog‘iston Respublikasining Shumanay tumanida yashovchi G.K.ning uyi oldidagi qarovsiz qoldirilgan “VAZ-2106” rusumli avtomashinasini haydab qochgan. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qilmoqda.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Shumanay tumanida yashovchi, T.K. sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olingan va olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida T.K. avtomashinani dala maydoniga olib borib bo‘laklarga bo‘lib ko‘mib yuborganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: kruz. uz

Kiritildi: 21:59 31.10.2018. O'qildi: 1401 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!