Bugun 23 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Shri-Lankaga yangi prezident saylandi

Shri-Lankaga yangi prezident saylandi

Shri-Lankada o‘tkazilgan prezident saylovida 55 yoshli marksist Anura Kumara Dissanayake g‘alaba qozondi.

Markaziy saylov komissiyasi 22 sentyabr kuni e’lon qilgan ma’lumotga ko‘ra, muxolifatdagi «Milliy xalq hokimiyati» alyansi 42 foiz ovoz to‘plab, boshqa bir muxolifatchi — Sajit Premadas hamda amaldagi prezident Ranil Vikramsingxni ortda qoldirdi.

Anura Kumara Dissanayake — 2014 yildan buyon Shri-Lanka kommunistik partiyasi (JVP) yetakchisi. O‘z saylovoldi dasturida u keng ko‘lamli islohotlar o‘tkazish, xususan, korrupsiyani tag-tugi bilan quritishga va’da bergandi.

«Umid va orziqishga to‘la millionlab ko‘zlar bizni olg‘a chorlamoqda va biz birgalikda Shri-Lanka tarixini qayta yozishga tayyormiz», — g‘alaba qozongani e’lon qilinganidan so‘ng Dissanayake X ijtimoiy tarmog‘ida shu so‘zlar bitilgan postni joyladi.

Komissiyaga ko‘ra, saylovchilarning 76 foizi yoki 13,6 mln kishi ovoz berishda qatnashgan.

Kiritildi: Bugun 10:54. O'qildi: 263 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!