Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Shri-Lanka bosh vaziri iqtisodiyot tanazzulga uchraganini e’lon qildi

Shri-Lanka bosh vaziri iqtisodiyot tanazzulga uchraganini e’lon qildi

Shri-Lanka bosh vaziri Ranil Vikramasingxe ko‘p oylardan beri og‘ir inqirozni boshidan kechirgan orol davlatining iqtisodiyoti tanazzulga yuz tutganini, hukumat hatto neft importi uchun pul to‘lashga ham qodir emasligini ma’lum qildi.

Parlamentda so‘zga chiqqan Vikramasingxe gap faqat yoqilg‘i, gaz, elektr energiyasi va oziq-ovqat taqchilligida emasligini ta’kidladi. “Iqtisodiyotimiz butunlay qulab tushdi. Defolt bor”, dedi u.

Vikramasingening so‘zlariga ko‘ra, hukumat jarayonni ortga qaytarish imkoniyatini qo‘ldan boy berdi.

Shri-Lanka fuqarolari kuniga 13 soatgacha bo‘lgan elektr ta’minotidagi uzilishlarni to‘xtatishni talab qilib, mart oyining oxiridan beri namoyishlar o‘tkazmoqda.

9 may kuni bosh vazirlik binosi oldidagi namoyishlar chog‘ida namoyishchilar va hukumat tarafdorlari o‘rtasida to‘qnashuvlar kelib chiqdi. Poytaxt Kolomboga qo‘shin kiritildi.

Muxolifatning keskin tanqidiga javoban 9 may kuni bosh vazir Mahinda Rajapaksa iste’foga chiqdi. Vazirlar Mahkamasi tarqatib yuborildi.

12 may kuni prezident Gotabaya Rajapaksa sobiq bosh vazir Ranil Vikramasingeni Vazirlar Mahkamasining yangi rahbari etib tayinladi.

Shri-Lankadagi ommaviy namoyishlar chog‘ida 8 kishi, jumladan, hukmron partiyadan bir deputat va 2 nafar polisiyachi halok bo‘lgan, 250 kishi yaralangan.

Ma’lumot uchun. Shri-Lankaning aholisining o‘n foizdan ko‘prog‘ini (3 mln ga yaqin) musulmonlar tashkil etadi.

Kiritildi: 21:06 23.06.2022. O'qildi: 2670 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!