Turkiya chempionatining 3-turida «Istanbul Bashakshexir» va «Kasimpasha» g‘olibni aniqlay olmadi. Yakshanba kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.
Mezbonlar safida Eldor Shomurodov gol urgan bo‘lsa, mehmonlar tarkibida Fusseyni Diabate o‘z nomini tabloga yozdirdi.
«Roma»ning sobiq hujumchisi Shomurodov Turkiya Superligasida uchta gol bilan «Galatasaroy» hujumchisi Viktor Osimxen bilan birga to‘purarlar poygasida yetakchilik qilmoqda.
«Istanbul Bashakshexir» 4 ochko bilan turnir jadvalida 11-o‘rinni egallab turibdi.