Germaniya kansleri Olaf Shols AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan uchrashuv rejalarini olqishladi.
Bu haqda "Tagesschau" xabar bermoqda.
"Agar Amerika prezidenti va Rossiya prezidenti uchrashishni istasa, bu yomon yangilik emas," - dedi Shols dekabr oyi boshida Putin bilan telefon orqali suhbatini eslatib.
Qayd etilishicha, Shols yana Rossiya rahbari bilan gaplashmoqchi.