Bugun 16 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Shols: "Rossiya urushni tugatganidan keyin ham yirik davlat bo‘lib qoladi"

A A A
Shols: "Rossiya urushni tugatganidan keyin ham yirik davlat bo‘lib qoladi"

Germaniya kansleri Olaf Shols Ukrainadagi urush tugaganidan keyin Rossiya bilan iqtisodiy hamkorlikni tiklash mumkin, deb hisoblaydi. U bu fikrni kecha, 12 dekabr kuni Germaniya Iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasining 70 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida bildirdi.

Sholsning ta’kidlashicha, Ukrainadagi urush tugaganidan keyin ham Rossiya Yevropa qit’asidagi eng yirik davlatlardan biri bo‘lib qoladi. Shu sababli, urushning tugashiga tayyorgarlik ko‘rish muhim.

“Bir narsa aniq. Bizning (Rossiya bilan – tahr.) munosabatlarimiz endi pasaymoqda”, deydi Germaniya yetakchisi.

Sholsning fikricha hozir Rossiya bilan hamkorlikni kuchaytiradigan payt emas. Biroq Rossiya bunga qachondir muhtoj bo‘ladi.

“Urushni tugatadigan Rossiya va o‘zlari uchun boshqa kelajakka intilayotgan Federasiya fuqarolari ham iqtisodiy hamkorlikni boshqa vaqtda boshlash imkoniyatiga muhtoj. Biroq hozir bunday payt emas. Biz ayni damda sanksiyalarni kuchaytirmoqdamiz”, deydi Germaniya hukumati rahbari.

Kiritildi: 17:05 13.12.2022. O'qildi: 2928 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!